Mourino CHL chorak finalida Barselona Yuventusga raqib bo‘lishini xohlamayapti

Sport

image

Portugaliyalik mutaxassis Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalida Angiliya jamoalari bir-birlariga raqib bo‘lishlarini xohlamoqda. Manchester Yunaytedning sobiq murabbiyi fikrlariga ko‘ra, Manchesterning ikki grand jamoasi bir-biriga qarshi tushishi kerak. Shuningdek u Liverpul – Tottenxem o‘yini ham anchagina hayajonli o‘tishini taxmin qilgan.

“Men Ayaks Portu bilan o‘ynashini istayman. Shundagina ikki teng kuchli raqibning birida yarim finalga chiqish imkoni vujudga keladi. Ular hozir juda yaxshi holatdalar va bu ularning uzoqroqqa borishlari uchun ideal vaziyat hamdir. Lekin bu bosqichda Barselona Yuventus bilan tushishini xohlamayman. Bu qarama-qarshilik final yoki yarim finalga yarashadi. CHLda oxirgi paytlarda omadsizliklarga uchragan bu ikki jamoa va ikki yetakchi Messi va Ronalduning erta to‘qnashuvi YeCHL uchun erta yo‘qotishga aylanishi mumkin”, deya fikr bildirgan Joze Mourino.

Eslatib o‘tamiz, YeCHLning chorak finaliga Qur’a bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Joze Mourin'o

Baholaganlar

64

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing