Mourinyuning Turkiyadagi qarzi ma’lum qilindi

Sport

image

Joriy mavsum boshida Turkiyaning “Fenerbahche” klubi bilan xayrlashgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyuning 15 oylik faoliyati davomida Istanbuldagi Four Seasons mehmonxonasining eng hashamatli xonasida yashagani va bu turarjoy uchun 36,5 million lira (747 000 yevro) qarzi borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Joze Mourinyu mamlakatni tinchgina tark etgan bo‘lsa-da, uning ketishi “Fenerbahche”ning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Jurnalist Mug‘e Dog‘istonli Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Mourinyu butun faoliyati davomida Four Seasons mehmonxonasining eng hashamatli xonasida yashagan va bu xarajat klubga 36,5 million liraga tushgan va bu qarzni klub to‘lashi kutilmoqda.

Murabbiyga shartnomani bekor qilingani uchun beriladigan tovon puli miqdori hali rasman e’lon qilinmagan, biroq shartnomaning bekor qilinishi va mehmonxona xarajatlari “Fenerbahche”ga sezilarli moliyaviy zarar keltirgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mourinyu Turkiyadagi 15 oylik faoliyatidan keyin, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Benfika”ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng, klub rahbariyati bilan xayrlashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyuni “Fenerbahche”dan iste’foga chiqarilgandan so‘ng “Benfika” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qarz Joze Mourin'yu 747 000 evro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing