Mourino Yevropa ligasi finalida ishlagan hakamni qattiq tanqid qildi
Sport
−
02 iyun 2023
2876Kecha, 1 iyun kuni Vengriyaning Budapesht shahrida UEFA Yevropa ligasi musobaqasining final o‘yinida “Sevilya”ga mag‘lub bo‘lgan “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men ularga kubok bilan maydonni tark etishimizni aytdim. Biz jismonan va ruhiy jihatdan charchadik. Biz “o‘ldik”, chunki bu o‘yinda ko‘plab bahsli epizodlar bilan adolatsiz tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Men har doim aytaman, siz o‘yinda mag‘lub bo‘lishingiz mumkin, lekin hech qachon o‘z qadr-qimmatingizni yoki professionalligingizni yo‘qotmaysiz”, deydi Mourino.
Rimliklar bosh murabbiyi hakamning bahsli vaziyatlarda qizil kartochka o‘rniga yengil jazo qo‘llaganini qattiq tanqid qildi.
“Men beshta yevrokubok finalida g‘alaba qozonganman. Bu safar uni yo‘qotdim, lekin uyga hech qachon g‘urur tuyg‘usisiz qaytmayman. Bu mavsumda yigitlar borini berdi. Kimdir yig‘laydi, kimdir yo‘q, lekin haqiqat shundaki, biz hammamiz xafamiz. Biz juda charchadik va adolatsizlik hissi bilan “o‘ldirildik”. Bu qizg‘in, rang-barang, erkaklar futboli edi, hakam (Entoni Teylor) ispaniyalikka o‘xshaydi. U qizilga tortadigan vaziyatlarda ham sariq, sariq va yana sariq berib turaverdi. Adolatsizlik shundan dalolat beradiki, Lamela ikkinchi sariqni olishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi va u penaltini golga aylantirdi”, deydi “Roma” bosh murabbiyi.
LiveBarchasi