Mourino YKLdagi g‘alabasidan keyin tengsiz ikki murabbiydan biriga aylanganini aytdi

Sport

image

Mourino Yevropa Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Xabaringiz bor, Italiyaning “Roma” klubi Yevropa Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqandi. Rimliklar ustozi Joze Mourino jamoasining musobaqadagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.

Mutaxassis Italiya A Seriyasining 38-turida “Torino” ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga erishilgach, shogirdlariga mavsumdagi asosiy vazifa bajarilganini – klub Yevropa ligasiga chiqqanini aytgan.

“Torino” ustidan g‘alaba qozongach (3:0) men kiyim almashtirish xonasida yigitlarga niyatimizga yetganimizni aytdim: Yevropa ligasiga o‘tdik. Bugun biz ishlash uchun emas, tarix yozish uchun chiqdik va buni uddaladik.

Biz eng boshidan Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishimizni his qildik. O‘yinlar tobora qiyinlashib bordi, g‘alaba uchun “Marsel” va “Feyenoord” kabi kuchli jamoalar da’vogarlik qildi. Ammo biz sovringa ko‘z tikkandik va bu chempionatda ochko yo‘qotishimizga sabab bo‘ldi”, deydi Mourino.

U “Nyukasl”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etib, Rimda qolishini urg‘ulagan. U klubning loyihasini rivojlantirish niyatida ekanini aytib o‘tgan.

“Men “Roma”da qolaman, bunga hech qanday shubha yo‘q. Men Rimda qolishni xohlayman. Klubning egalari ajoyib va halol odamlar, bu hikoya davom etishi kerak. Biz bu loyiha ustida ishlashda davom etishimiz va keyingi mavsum uchun rivojlanish rejamizni tuzishimiz kerak.

Barcha xalqaro sovrinlar muhim. Faqat men va Trapattoni yevrokuboklarni besh marta yutganmiz. O‘zimni qarigandek his qilyapman. Men 2003, 2015 yoki 2016 yilda (aslida 2017 yilda – tahr.) endi esa 2022 yilda g‘olib bo‘ldim. Endilikda men g‘alabadan mast bo‘lib, sohilda dam olishni rejalashtiryapman”, degan Mourino “Sky Sport Italia” nashriga.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” kecha, 25 may kuni Albaniya poytaxti Tiranada o‘tgan Konferensiyalar ligasi finalida “Feyenoord” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba erishdi va sovrinni Rimga olib ketdi.

Mourino Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonganidan keyin intervyu paytida yig‘lab yubordi.

Aziza Nizomiddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing