Mourino “Roma”ning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Sport

image

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 12-turidan o‘rin olgan “Venetsiya”ga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  Uchrashuv raqibning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Roma” haqida gapirishni istamayman. Uchrashuvda “Venetsiya” g‘alaba qozondi, shu sabab ular muhokamaga loyiq. Men asablarimni asrashim, his-tuyg‘ularimni jilovlashim kerak. Sababi, oldimizda muhim o‘yinlar ko‘p. Hisob 2:1 bo‘lgan paytda bizda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, futbolda “sen urmasang, senga urishadi”, degan naql bejizga emas. Jamoam o‘yinni nazorat qildi, hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo keyin nima bo‘lganini tushunmay qoldim. 

Men bosh murabbiy sifatida o‘z oldimga maqsad qo‘yib, o‘zim bilan bir qatorda futbolchilarga ham motivatsiya berishim kerak. Maqsadimiz kuchli  4 likka kirish, ammo boshqa hech narsa kerak emasligini anglatmaydi. “Roma” sovrinlar uchun kurashadi. Hozirgi tarkibimiz o‘tgan mavsumdagidan kuchli emas. Yozda klub jamoani kuchaytirish uchun emas, aksincha  pozitsiyalarni to‘ldirish maqsadida futbolchi sotib oldi. Biz ko‘plab tajribali futbolchilarimizni yo‘qotdik”, - dedi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino “Nyukasl”ni boshqarish taklifini rad etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Roma A Seriya

Baholaganlar

343

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing