Mourino: Messi “Oltin to‘p”ga munosib emas

Sport

image

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “Barselona”ning YeCHLda muvaffaqiyatsizlikka uchragani sabab, Lionel Messi bu yilgi “Oltin to‘p”ga loyiq emas deb hisoblamoqda.

“Messi bu yilgi “Oltin to‘p”ga haqli ekanligiga biroz shubham bor. Sababi, u YeCHLda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin, tan olish kerak u bu mavsum hammadan yaxshiroq edi”,  deb aytib o‘tgan 56 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Messi Yevropa Chempionlar ligasining joriy mavsumida 12ta gol kiritgan holda to‘purarlar bahsida peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchilari turnirni tark etganini hisobga olsak, u to‘purar bo‘lishga yaqin. Shuningdek, Leo musobaqa doirasida 3ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi EChL Oltin to'p Mourin'o

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing