Mourino APLga qaytmoqchi

Sport

image

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Londonning “Chelsi” klubiga qaytishni istamoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mourino Rim klubi rahbariyatidan moliyaviy yordam ko‘rsatilmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassis bundan avval ikki marta “Chelsi” bosh murabbiyi bo‘lgan: 2004 yildan 2007 yilgacha va 2013 yildan 2015 yilgacha. Mourino vakillari allaqachon “Chelsi” rahbariyati bilan bog‘lanib, murabbiyning ehtimoliy qaytishini muhokama qilgan, biroq londonliklar jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Grem Potterni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Shuningdek, Mourinoning rafiqasi va bolalari hamon Londonda yashaydi, shu bois Angliya Premer-ligasida ishlash murabbiy uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Premer-ligaga qaytishga bo‘lgan qiziqish va “Roma”ning moliyaviy imkoniyatlariga qaramay, Mourino mavsum o‘rtasida Italiya klubini tark etmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Mourin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing