Moskvaga yana dron hujumi uyushtirildi
Olam
−
28 iyul 2023
11157Bugun, 28 iyulga o‘tar kechasi Rossiya poytaxti Moskva osmonida Ukrainaning uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Tunda dushmanning uchuvchisiz samolyoti hujum qilishga urindi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uni urib tushirdi, vayrongarchilik va qurbonlar yo‘q”, deb yozgan Sobyanin.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ham Moskva viloyatidagi ob’ektlarga hujum qilishga uringan va urib tushirilgan uchuvchisiz samolyot haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
“Bugun ertalab Kiyev rejimining uchuvchisiz samolyoti tomonidan Moskva viloyatidagi ob’ektlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi bartaraf etildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni ham Moskvaga uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida hujum uyushtirilgan va ikkita noturar joy binosiga zarba berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr