Moskvaga dron hujumlari uyushtirildi
Olam
−
24 iyul 2023
18393Bugun, 24 iyul kuni erta tongda uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida Moskvaga yangi hujum uyushtirildi. Bu haqdagi poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
Merning so‘zlariga ko‘ra, ikkita noturar joy binosiga zarba berilgan, ammo jiddiy vayronalar va qurbonlar bo‘lmagan.
Taxminan soat 04:00 da Moskvada dronlarning zarbalari haqida birinchi xabarlar paydo bo‘ldi. Dastlab, Lixachev prospekti hududida, bir necha daqiqadan so‘ng – Komsomolskiy prospekti hududida portlash sodir bo‘lgan.
Soat 05:30 holatiga ko‘ra, Komsomolskiy prospektida (viloyat tomon) ham, Lixachev prospektida ham transport harakati to‘sib qo‘yildi. Rasmiylar aylanma yo‘lni tanlashni tavsiya etishgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hujum Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz samolyotlari orqali amalga oshirilganini aytdi va buni terakt deb atadi.
Aytish joizki, bu Moskvaga dronlar yordamida qilinayotgan birinchi hujum emas. Joriy yilning 3 mayga o‘tar kechasi Kremlga ikki uchuvchisiz samolyot hujum qilgan. 30 may kuni esa kamida uchta dron poytaxtning janubi-g‘arbidagi turar-joy binolariga zarar yetkazgan. Uchuvchisiz samolyotlarning bir qismi Moskva viloyati osmonida havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.
LiveBarchasi