Moskvadan Toshkentga uchgan samolyot bortida 45 yoshli erkak vafot etdi

3-sahifa

image

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti bortida 45 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 oktyabr kuni Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. 

Aniqlik kiritilishicha, bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga majbur bo‘lgan. 

Samolyot Toshkent vaqti bilan 16:59 da Urganch aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq bortda sog‘lig‘i yomonlashgan 45 yoshli erkakning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. 

“Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

“Uzbekistan Airways Moskva-Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar