Moskvadan Farg‘onaga uchgan samolyot manziliga yetib borolmadi

Jamiyat

image

“Farg‘ona” aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Azimut” aviakompaniyasining Moskva – Farg‘ona reysi Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Unga ko‘ra, bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da Namanganga kelib qo‘ngan. A9170 Farg‘ona – Moskva reysi yo‘lovchilari yerusti transportida Namangan aeroportiga yetkazilgan.

Oldinroq, qalin tuman tufayli ko‘rishning yomonlashishi oqibatida Farg‘ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida reyslarning qo‘nish va jo‘natishini cheklab qo‘ygani haqida xabar bergandik. 

Xususan, Irkutsk – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SBI-6323 reysini amalga oshirayotgan S7 Airlines samolyoti belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 50 m) tufayli 7 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:27 da Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ngandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Farg'ona samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing