Moskvadan Dushanbega uchgan samolyot nega Toshkentga qo‘ndirildi?
Olam
−
04 noyabr 2019
5672“Ural Airlines” aviakopmaniyasining Moskva-Dushanbe yo‘nalishi bo‘ylab parvozga chiqqan A320 samolyoti manzilga yetib bormay, favqulodda Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Favqulodda qo‘nishga tunda Dushanbe aeroportida ro‘y bergan kuchli momaqaldiroq va yomg‘ir sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Ural Airlines”ning Moskvadan Tojikiston poytaxti Dushanbega uchgan samolyoti bugun, 4 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:10 (Moskva vaqti bilan 04:10)da Toshkentga qo‘ndirilgan.
Samolyot hamon Toshkent aeroportida qolmoqda. Moskva vaqti bilan soat 04:00 da Dushanbega qo‘nishi kerak bo‘lgan havo layneri parvozni davom ettirish uchun izn berishlarini kutmoqda. Yo‘lovchilar esa bortda qolayotgani aytiladi.
LiveBarchasi