Moskvadagi yong‘inda halok bo‘lgan migrantlar o‘zbekistonlik ekani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq Moskva viloyatining Solnechnogorsk rayonidagi qurilish kabinalari shaharchasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt nafar migrant halok bo‘lgani, ikki nafari jarohat olgani haqida xabar bergan edik. Ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskva viloyatining Solnechnogorsk shaharchasidagi mehnat migrantlari yashaydigan turar joyda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 13 noyabr kuni Moskva viloyatining Solnechnogorsk shaharchasi Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yong‘in yuz bergan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan aloqa o‘rnatgan.

Yong‘in oqibatida ushbu vaqtincha turar joyda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari (Sh.A. 1969 y.t., E.U. 1998 y.t., Sh.K. 1987 y.t., A.R. 1998 y.t.).

Ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing