Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga beriladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 19 may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) bitiruvchilarining V xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

Forumda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy nutq so‘zlab, o‘tgan asrning 50-yillarida VDNX hududida muhtasham “O‘zbekiston” paviloni barpo etilganini eslatib o‘tdi. O‘sha pavilon me’morchiligi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri binosi arxitekturasiga o‘xshashib ketishi qayd etildi.

Shuningdek vazir Moskvadagi VDNX ko‘rgazmasi pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun berilishini ma’lum qildi.

“Bu Prezidentimiz Vladimir Putinning o‘ziga xos ramziy harakati hisoblanadi – ushbu pavilon mamlakatning eng yaxshi muvaffaqiyatlarini namoyish etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga muddatsiz foydalanishga beriladi”, dedi Rossiya madaniyat vaziri.

Vladimir Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, pavilon Rossiya Madaniyat vazirligi tomonidan qayta ta’mirlangan.

“Yaqin vaqt ichida u yer Moskvada sizlar bilan uchrashadigan joyimizga aylanadi deb umid qilaman”, deb qo‘shimcha qildi Medinskiy.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya MDXMI Vladimir Medinskiy

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made