Moskvadagi paradga boradiganlar ma’lum bo‘ldi. MO Prezidentlari taklif qilinmagan

Olam

image

Kreml matbuot xizmati G‘alaba kunini nishonlash uchun Moskvaga boradigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Markaziy Osiyo yetakchilari yo‘q.

Ular orasida:

  • Abxaziya prezidenti Badra Gunba rafiqasi bilan;
  • Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Laos Prezidenti Txonglun Sisulit;
  • Malayziya Oliy hukmdori sulton Ibrohim;
  • Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso;
  • Janubiy Osetiya prezidenti Alan Gagloyev bor.

Bundan tashqari, bayramga Serb Respublikasidan (Bosniya va Gersegovina tarkibidagi ta’sischi tuzilma) uch nafar vakil: Prezident Sinisha Karan, hududiy tuzilma Xalq skupshtinasi (parlamenti) raisi Nenad Stevandich hamda “Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi” partiyasi raisi Milorad Dodik borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan joriy yilning 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga borishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, bu yilgi parad Ukraina dronlari xavfi sababli ancha qisqartirildi. Xususan, ilk bor harbiy texnikalarsiz o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan yili G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Moskvaga borganlar orasida Xitoy yetakchisi Si Szinpin, shuningdek, Fitso va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bor edi. O‘shanda jami 27 ta davlat (jumladan, tan olinmagan va qisman tan olingan hududlar) rahbarlari Rossiyaga borishi tasdiqlangan edi. Oxirgi lahzada Ozarbayjon va Laos rahbarlari Ilhom Aliyev va Txonglun Sisulit ishtirok etishdan voz kechgandi. Markaziy Osiyo yetakchilari, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham 2025 yilgi paradda qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Moskva parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing