Moskvada O‘zbekistonga neft yetkazib berishni oshirish muhokama qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingan.

Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishib olingan.

Rossiya hukumati Matbuot xizmatiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi yadroviy inshootlarni qurishdagi ishtiroki istiqbollari muhokama qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Rosatom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing