Moskvada teraktning oldi olindi. Markaziy osiyolik ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatida terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi. TASSning xabar berishicha, operatsiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

“Federal xavfsizlik xizmati Rossiyada taqiqlangan “ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotining mintaqalararo uyushmasi faoliyatiga chek qo‘ydi. Uning a’zolari Moskva viloyatida buzg‘unchilik va terroristik harakatlarni amalga oshirishni niyat qilgandi”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasida Vladimir viloyatida guruhning boshqa bir a’zosi ushlangan. U Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi. Ammo qaysi davlatligi aniq ko‘rsatilmagan.

“Ular borgan joylarda o‘tkazilgan tergov harakatlari davomida qo‘lbola portlovchi uskunalar, turli boshqa vosita va hujjatlar topildi va olib qo‘yildi” deya qo‘shimcha qilingan.

Maxsus xizmat ma’lumotiga ko‘ra, ISHIDning hududiy sho‘’basi tashkilotga yangi a’zolarni jalb qilish va moddiy mablag‘ yig‘ish uchun tuzilgan. Hozirda tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing