Moskvada sud O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyatini tugatdi

Olam

image

Moskva shahar sudi Rossiya Adliya vazirligining da’vosini qanoatlantirib, O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati mintaqaviy jamoat tashkilotini tugatish va uni Yuridik shaxslar yagona davlat reyestridan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda sud hujjatiga tayanib, TASS xabar berdi.

“Sud Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyatini tugatish va uni yuridik shaxslar yagona davlat reyestridan chiqarishga qaror qildi”, deyiladi sud hujjatida.

Yuridik shaxslar yagona davlat reyestridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilot 2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan. 

Rossiya Adliya vazirligining qayd etishicha, tashkilot o‘z ustav hujjatlarida ko‘rsatilgan manzilda joylashmagan va uning haqiqiy manzilini aniqlash imkonsiz bo‘lgan. Shuningdek, tashkilot ustavida qonunchilikka zid bo‘lgan normalar mavjud.

Bundan tashqari, tashkilot Adliya vazirligiga o‘z faoliyati bo‘yicha hisobotlarni, rahbarlik organlari tarkibi haqida ma’lumotlarni, moliyaviy mablag‘lardan va mulkdan foydalanish hujjatlarini taqdim etmagan. Vazirlik tomonidan bir necha bor ushbu hujjatlarni topshirish bo‘yicha ogohlantirishlar yuborilgan bo‘lsa-da, talablar bajarilmagan. Shu sababli, Adliya vazirligi mazkur tashkilotni tugatish bo‘yicha Moskva shahar sudiga ma’muriy da’vo arizasi kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva O'zbek milliy-madaniy muxtoriyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing