Moskvada namoyish. 400 nafardan ortiq odam hibsga olindi (video)

Olam

Bugun, 27 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida norozilik aksiyasi o‘tkazilyapti. Namoyishchilar Moskva shahar dumasi uchun saylovlarga mustaqil nomzodlarni ro‘yxatga olishni talab qilyapti.

Namoyish shahar meriyasi yonida Tver ko‘chasi va shu nomdagi maydonda shahar ma’muriyati hamda politsiya bilan kelishilmagan holda o‘tkazilyapti. Aksiya mahalliy vaqt bilan 14:00 da boshlangan va hozirgacha 435 nafardan ortiq odam hibsga olingan.

Image

RF Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, kelishilmagan namoyishda 3 500 nafarga yaqin odam qatnashgan, shulardan 700 nafarini jurnalist va blogerlar tashkil qilgan.

Картинки по запросу акция в москве

Похожее изображение

Rossiya OAV tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, politsiya xodimlari hamda OMONchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lyapti. Namoyishchilar orasida jarohatlanganlar ham bor. Politsiya odamlarga qarshilik ko‘rsatish uchun ko‘chalarda jonli to‘siqlar hosil qilyapti.

Image


Maqola muallifi

Teglar

Moskva saylov namoyish

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing