Moskvada ikki o‘zbekistonlik gazdan zaharlanib o‘ldi
Olam
−
31 yanvar 2595 1 daqiqa
Moskva viloyatining Vidnoye shahrida ikki o‘zbekistonlik gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Regions.ru” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, binoda yashovchi fuqaro o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilib tez yordam chaqirgan. Yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari 3 kishining gazdan zaharlanish oqibatida o‘lganini va keksa ayolning og‘ir ahvolda ekanligini aniqlagan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilib, voqea joyiga politsiya yetib kelgan.
Aniqlanishicha, keksa juftlik uyining birinchi qavatini ta’mirlash uchun O‘zbekistondan ikki ishchini yollagan. Ishchilar tunab qolishgan va isinish uchun gaz plitasini yoqishgani taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha ishlash maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarosi buyrakda kuzatilgan og‘ir xastalik tufayli vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir