Moskvada Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi. Unda O‘zbekiston vakili ham qatnashadi
Olam
−
08 fevral 2023 5381 1 daqiqa
Bugun, 8 fevral kuni Moskvada afg‘on muammosiga bag‘ishlangan xavfsizlik vakillarining beshinchi ko‘p tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya tomonidan Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etadi.
Tadbirda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston milliy xavfsizlik maslahatchilari yoki Xavfsizlik kengashi kotiblari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi apparati matbuot xizmatida ta’kidlanganidek, yig‘ilishda “Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishga alohida e’tibor qaratgan holda xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan”.
Afg‘oniston muammosi bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarning avvalgi, to‘rtinchi raundi o‘tgan yilning may oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan edi. Unda so‘zga chiqqan Patrushev “mintaqaviy xavfsizlikka afg‘on omilining jiddiy ta’siri” davom etayotganini ta’kidladi. Ushbu chaqiriq va tahdidlarga qarshi turish uchun u ko‘p tomonlama uchrashuvlar amaliyotini davom ettirish, shuningdek, xalqaro muloqot mexanizmlarining butun spektri bo‘yicha ishlarni faollashtirishga chaqirdi.
Maslahatlashuvlarning uchinchi raundi 2021 yil noyabr oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tdi. atijada tomonlar qo‘shma bayonot qabul qildi. Xususan, tinch, barqaror va suveren Afg‘onistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlashi, barcha terrorchilik harakatlarini keskin qoralash va afg‘on xalqining azob-uqubatlaridan chuqur qayg‘urish bildirildi.
Live
Barchasi