Moskvada 33 yoshli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi
3-sahifa
−
18 avgust 2021
13415Rossiyaning Moskva shahrida 33 yoshli ayolni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “REN TV” xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 13 avgustiga o‘tar kechasi Moskvaning Yauza qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik migrant yigit Sirojiddin Akramov qirg‘oqda yugurayotgan ayolni ko‘rib, uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Ayol baqira boshlagach, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, Belarus fuqarosi bo‘lgan marhuma voqea joyidan yalang‘och holda topilgan. Jinoyat sodir bo‘lgan joyda esa erkaklar ko‘ylagi ham bo‘lgan.
“Babushkin tuman sudining qarori bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi shaxs Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan 2021 yil 13 oktyabrgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi”, deyiladi sud qarorida.
Nashrning ta’kidlashicha, qotillikdan keyin Akramov qochishga uringan va Yauzaga sakrab tushib, suzib ketgan. Ammo u uzoqqacha qocha olmadi. 16 avgust kuni avval ishlagan joyiga qaytib kelganida, hibsga olindi.
LiveBarchasi