Moskvada 300 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada profilaktik tadbir doirasida qariyb 300 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 5 avgust kuni Rossiya Gvardiyasi xabar berdi. 

“Maxsus tadbir davomida poytaxt markazidagi hostelda yashayotgan 400 nafar xorijlik fuqarolarning migratsiya kartalari, pasportlari va mehnat patentlari tekshirildi”, deyiladi xabarda.

Tekshiruv jarayonida Migratsiya qonunchiligini buzishda gumon qilinayotgan 300 fuqaro Moskvadagi “Avangard” maxsus bo‘linmasi OMON ko‘magida Tergov qo‘mitasi xodimlari tomonidan politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Sankt-Peterburgning Admiralteyskiy tumanidagi sobiq “Qizil uchburchak” zavodi hududida ham reyd o‘tkazilib, xorijlik ishchilarning hujjatlari tekshirilgan. Umumiy hisobda 200 migrant tekshiruvdan o‘tkazilib, ulardan 15 nafari qo‘lga olingan va politsiyaga topshirilgan. Ularni mamlakatdan chiqarib yuborish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning mart oyida esa Sankt-Peterburg iqtisodiy politsiyasi shahardagi “qorabozor”larda o‘tkazgan reyd chog‘ida 150 nafardan ortiq kurer-migrantni aniqlagan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ularning qariyb uchdan biri migratsiya qonunlarini buzgan holda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasidagi “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu”) fraksiyasi deputatlari og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudlangan migrantlarga Rossiyaga kirishni umrbodga taqiqlovchi qonun loyihasini parlamentga taqdim etishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Moskva OMON

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing