Moskva yaqinida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Olam

image

Moskva yaqinidagi Fryazino shahridagi sanoat zonasi hududidagi ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, odamlarni evakuatsiya qilish tashkil etilgan. Yong‘inga murakkablikning uchinchi darajasi berilgan. Yong‘in sodir bo‘lgan manzilda “Platan” ilmiy-tadqiqot instituti joylashgan. Keyinchalik “Roselektronika” xoldingi yonayotgan binoning “Platan” tadqiqot institutiga aloqasi yo‘qligi haqida xabar tarqatdi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, u 1990 yillarda xususiy mulkka aylangan.

“Yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi”, deb xabar bermoqda OAV tezkor xizmatlarga tayanib.

TASS agentligiga ko‘ra, Fryazinodagi yong‘in maydoni 4 ming kvadrat metrga yetgan. Uni o‘chirishga 100 dan ortiq kishi va 40 ta texnika jalb qilingan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva aviatsiya markazining Ka-32 vertolyoti yong‘in sodir bo‘lgan joyga uni o‘chirishga yordam bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Moskva Fryazino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing