Moskva viloyatida ommaviy janjal yuz berdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatidagi Domodedovo shahrida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Janjalda bir necha o‘n kishi ishtirok etgan. Bu haqda Ura.ru sayti xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, janjal Domodedovoning Gagarin ko‘chasida boshlangan. Kelib chiqishi boshqa millatlardan bo‘lgan 50 ga yaqin odam 15 nafar mahalliy aholini kaltaklagan. Ammo janjalda jami 20 kishi ishtirok etgan deguvchi guvohlar ham topilmoqda. Shuningdek, janjal vaqtida to‘pponchadan o‘t ochilgani ham aytildi.

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Politsiya ommaviy janjal fakti bo‘yicha tekshiruv boshlagan. Janjal ishtirokchilarining shaxsini aniqlash ishlari ham olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

684

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing