Moskva Minskka yordam tugul, maslahat ham bermaydi

Olam

image

Rossiya ayni vaqtda Belarusdan bo‘layotgan vaziyatga boshqalar qatori tomoshabin bo‘lib qolaveradi. 

Har qanday maslahat – bu boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga urinishdir, buni Moskva qilmagan va qilmaydi ham. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Belarusdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyatda Prezident Aleksandr Lukashenkoga maslahat berishdan bosh tortgan holda aytib o‘tdi.

“Biz avvalgidek ushbu voqealarga aralashmoqchi emasmiz va hech kim bu voqealarga aralashmasligi kerak deb hisoblaymiz”, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmatining rahbari Peskov.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 25 oktyarbda Belarusda “xalq ultimatum muddati” tugab, keng ko‘lamli namoyishlar boshlangan edi

Belarus Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, namoyishlarda qatnashgan 523 kishi hibsga olingan va 352 kishi sudgacha vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirilgan.

Farrux Murodqulov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing