Moskva metrosida nosozlik: poyezd bekatda to‘xtab qoldi (video)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva shahri metrosining faoliyatida so‘nggi bir haftada ikkinchi marta uzilish kuzatildi. 9 noyabr kuni “Teatralnaya” va “Belorusskaya” metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar yurishi to‘xtab qoldi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.

Qayd etilishicha, metro faoliyati oradan 40 daqiqa o‘tgach tiklangan.  

“Teatralnaya”dan “Belorusskaya”gacha bo‘lgan Zamoskvoretsk liniyasida bitta poyezd tarkibini tekshirish uchun harakat to‘xtatilgan. Qarama-qarshi yo‘nalishda poyezdlar ortib borayotgan interval bilan harakatlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni Moskvada metropoliteni “Oktyabrskaya” metro bekatiga kirish va undan chiqishni vaqtincha yopib qo‘ydi. Ma’lum bo‘lishicha, buni mahalliy politsiya talab qilgan. Oradan 20 daqiqa o‘tgach, stansiya normal ishlay boshlagan.

Qayd etish kerakki, metro faoliyatidagi uzilishlar Toshkentda shahrida ham tez-tez yuz beradi. Ba’zi hollarda poyezdlar yurmay qolsa, boshqa holatlarda poyezd eshiklari harakat vaqtida ochilib ketadi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda jamiyat uchun muhim hisoblangan ushbu transport vositasiga ham e’tibor qaratilib, mablag‘ ajratilmoqda. Xususan, aynan Rossiyadan o‘nlab metro vagonlari olib kelindi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing