Moskva kuchli yomg‘ir va bo‘ron ostida qoldi (video)

Olam

image

Rossiyada ro‘y bergan dovul shamollari, kuchli yomg‘ir va bo‘ron poytaxt Moskvaga ta’sir qildi. Bu haqda “CentralAsia” nashri xabar berdi. 

Nashrning yozishiga qaraganda, ayni paytda hodisa oqibatida qurbonlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda. Bo‘ronda uylarning derazalari parchalanib, daraxtlar sinib tushgan. Moskva shahar hokimiyati aholidan bunday yomon ob-havo sharoitida ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan. Transport departamenti esa avtomobilda sayohat qilish va metrodan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.

Keltirilishicha, ob-havo sharoiti tufayli mahalliy yerusti transportida kechikishlar yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar, shuningdek, momaqaldiroq paytida elektr skuterlarda yurish xavfli ekanligini aytib, chaqmoq urishi mumkinligini bildirgan.

Rossiya Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, poytaxtda xavfli ob-havo bugun, 20 iyun kuni soat 22:00 gacha davom etadi.

Phobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi ushbu 31,7 mm yog‘ingarchilik 2015 yildagi rekord darajasini yangilashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yomg'ir tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing