Moskva endi toqat qila olmaydi. Rossiya va NATO munosabatlari “qizil chiziqqa” yetdi

Olam

image

Rossiya NATOning Ukrainaga bosqichma-bosqich bostirib kirishiga guvoh bo‘lmoqda va u endi bunga chiday olmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

“Biz NATOning Ukraina hududiga o‘z infratuzilmasi, instruktorlari, mudofaa va hujum qurollari zaxiralari, Ukraina harbiylarini tayyorlash va shunga o‘xshash narsalar bilan bosqichma-bosqich bostirib kirishiga guvoh bo‘layapmiz”, degan Rossiya yetakchisining Matbuot kotibi Moskvaning hozirgi Ukraina atrofidagi vaziyat haqidagi tasavvurini sharhlar ekan. 

Peskovning ta’kidlashicha, voqealarning bunday rivojlanishi Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarni “qizil chiziqqa” olib keldi, bu holatga Moskva “endi toqat qila olmaydi”. 

“Prezident Putinning “Bu biz uchun haqiqiy tahdid” deganining asosiy sababi ham shu edi. Bu Yevropadagi barqarorlik va xavfsizlik hamda Yevropa xavfsizlik arxitekturasiga haqiqiy tahdid”, deya qo‘shimcha qilgan Kreml rasmiysi. 

Peskovga ko‘ra, NATO “tinchlik eltuvchi” emas, balki Rossiya chegaralariga yaqinlashib kelayotgan qarama-qarshilik quroli. 

“Bizning tushunishimizcha, NATO himoya uchun emas, qarama-qarshilik uchun yaratilgan tashkilotdir. Shuningdek, NATO tinchlik, barqarorlik va farovonlik “kabutari” emas. Bu qarama-qarshilik quroli kundan-kunga bizning chegaralarimizga yaqinlashib kelmoqda”, degan u. 

Bajarilmagan va’da 

Prezident Matbuot kotibining eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar Germaniyani birlashtirish vaqtida NATO infratuzilmasini sharqqa kengaytirmaslikka va’da bergan, biroq bu qonuniy kuchga ega bo‘lmagan shaklda qayd etilgan. 

“Amerika tomonining va’dasi bor edi, afsuski, qonuniy kuchga ega hujjat ko‘rinishida emas, lekin NATO hech qachon o‘zining harbiy yoki siyosiy infratuzilmasini sharqqa kengaytirmasligiga kafolat bor edi”, degan u. 

Ukraina atrofidagi vaziyat 

G‘arb siyosatchilari so‘nggi oylarda Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘plaganini da’vo qilmoqda. Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Qurolli kuchlar davlat hududida harakatlanmoqda — bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni xavotirga tushirmasligi kerak. Moskvaga ko‘ra, “Rossiya agressiyasi” haqidagi bayonotlar chegara hududlarida NATO kontingentlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing