Moskva-Buxoro yo‘nalishidagi samolyot Navoiyga favqulodda qo‘ndirildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2022 9949 1 daqiqa
Moskva-Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Navoiy viloyatiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Aeroflot” aviakompaniyasining yo‘lovchi reysi Moskvadan Buxoroga uchgan samolyot quyuq tuman tufayli Buxoro aeroportiga qo‘na olmagan.
Shundan so‘ng, samolyot Navoiy muqobil xalqaro aeroportiga favqulodda yo‘naltirilgan va muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan.
Avvalroq, Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot avariyaviy vaziyat sabab favqulodda Eronga qo‘ngan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust