Moskva BRICS’ni kengaytirishda Belarus va Qozog‘istonga alohida e’tibor qaratadi – Rossiya TIV

Olam

image

Rossiya BRICS’ning navbatdagi kengayishini muhokama qilishda Qozog‘iston va Belarus nomzodlariga ustunlik beradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov tashkilotning Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Albatta, Qozog‘iston va Belarus bizning eng yaqin hamkorlarimizdir. Biz [BRICS kengayishining] keyingi yo‘nalishini ko‘rib chiqsak, bu mamlakatlarga ustuvor ahamiyat beramiz”, deydi vazir o‘rinbosari.

Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2024 yilda BRICS’ga raislikni o‘z zimmasiga olganida, tashkilot faoliyatining barcha sohalarida uzluksizlikni ta’minlaydi. Uning qayd etishicha, birlashmaga taklif olgan BRICS’ning barcha yangi oltita davlati undan foydalanishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

“Albatta, biz 1 yanvarni kutmasdan, barcha taklif etilgan davlatlar bilan maslahatlashib, BRICS faoliyatida ishtirok etish formatlarini belgilaymiz”, deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OPEC mamlakatlari BRICS’ga kirishi bilan assotsiatsiyaning energiya komponenti ham ortadi.

“BRICS doirasida ushbu sohada axborot almashish va tadqiqotlar uchun shakl va formatlar allaqachon ishlab chiqilgan. Bu butun energetika sohasini bir platformada birlashtirishdir, chunki BRICS bugungi kunda nafaqat eksport qiluvchi ishlab chiqaruvchilarni, balki eng yirik iste’molchilarni ham birlashtiradi”, deya tushuntirgan Ryabko.

Shu bilan birga, Rossiya TIV G‘arb davlatlarini BRICS’ga yoki tashkilot tadbirlariga taklif qilishni rad etgan.

“G‘arb guruhiga kelsak, umuman olganda, u va uning har bir a’zosi alohida-alohida qarama-qarshi yo‘nalishni davom ettirmoqda, shuning uchun nafaqat bu guruhdan kimnidir BRICS’ga, balki bizning tashkilotimiz tadbirlariga taklif qilish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Biz bu yo‘nalishga qat’iy amal qilamiz”, deydi vazir o‘rinbosari.

Bundan tashqari, Ryabkov BRICS’dagi yagona hisob birligi mavzusiga izoh bergan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelajak masalasiga aylanadi.

“Yagona hisob birligi keyingi qadamdir. Menimcha, biz BRICS davlatlaridan eng qisqa vaqt ichida ba’zi tarixiy davrlarni bosib o‘tish nuqtai nazaridan mo‘’jizalar kutishimiz kerak emas. Bu yo‘lda ham yangi natijalar bo‘ladi”, deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari Yevropa Ittifoqi ham bir necha o‘n yillarda yagona valyutaga o‘tganini eslatib.

Eslatib o‘tamiz, 22-24 avgust kunlari JARning Yoxannesburg shahrida BRICS’ning 15-sammiti bo‘lib o‘tgandi. Uning oxirida BRICS’ga rasman BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya taklif etilgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing