Moskva birjasida o‘zbek so‘mi bilan savdo yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Olam

image

Moskva birjasi o‘zbek so‘mi bilan savdoni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda RBK yozmoqda. 

Ta’kidlanishicha, arman drami va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) valyutasi dirham bilan ham savdoni yo‘lga qo‘yish muhokama qilinmoqda. 

Qayd etilishicha, hozir valyuta maydonchasida rublni 10 ta xorijiy valyutaga almashtirish mumkin: AQSH dollari, yevro, turk lirasi, Gonkong dollari, Belarus rubli, Qozog‘iston tengesi, Shveysariya franki, Britaniya funti, yapon iyenasi va Xitoy yuani. 

“Mavjud valyutalar ro‘yxatini kengaytirish mantiqiy qadamdir, chunki birjadagi savdolar hajmi pasaygan”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, 2022 yil aprel oyida dollar-rubl juftligi bo‘yicha o‘rtacha kunlik savdo hajmi 81,5 milliard rublni, 2021 yil aprelida 242,9 milliard rublni tashkil etgan. Keskin pasayish norezidentlar uchun Rossiya qog‘ozlari bilan operatsiyalarni taqiqlash bilan bog‘liq. 

Taqqoslash uchun, joriy yil aprel oyida rubl-yevro juftligi bo‘yicha o‘rtacha kunlik savdo hajmi 49 milliard rublni, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan yuanda esa 13,7 milliard rublni tashkil qilgan. Bir yil oldin ushbu valyutalar bo‘yicha savdo hajmi mos ravishda 33,7 milliard rubl va 1 milliard rubl bo‘lgan.  

Qayd etilishicha, sanksiyalar sharoitida BAAning Rossiya biznesiga qiziqishi ortib bormoqda. Bundan tashqari, badavlat rossiyaliklar BAAda biznes ochish va mulk sotib olishdan manfaatdor ekani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

rubl' so'm

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing