Bayram tugadi, tadbirkorlar ustidan tekshiruvlar boshlanadi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
30541O‘zbekistonda korxonalarni tekshirish uchun moratoriy muddati tugadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga murojaati davomida shu haqda aytib o‘tdi va tekshiruvlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin korxonalarning faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriy tugadi. Lekin bu yana yoppasiga tekshir-tekshirni boshlab yuborish degani emas. Ko‘plar kutib o‘tiribdi. Lekni unaqa bo‘lmaydi. Kimgadir bu yoqadimi-yoqmaydimi bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Prezident.
U so‘zida davom etib, moratoriy tugadi deb, yoppasiga tekshirish boshlanmasligini aytib, nazorat boshqacha bo‘lishini aytib o‘tdi. Barcha nazorat idoralarida yangi tizim joriy etilishi kerakligini ta’kidlandi.
“Har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ishlab, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlash, tekshirishni so‘nggi chora sifatida adolatli o‘tkazish kerak”, dedi Mirziyoyev.
Prezident nazorat organlari shunday tizim joriy qilinganidan keyin, tekshirish uchun ruxsat berilishini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi