“Monya xonim” O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
3-sahifa
−
21 fevral
32747Bugun, 21 fevral kuni jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan Munisaxon Alijonova O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 2001 yilda tug‘ilgan Munisaxon Alijonova odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. U Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Alijonova O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 13 fevral kuni qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi