Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
26 fevral 2019
8260O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Abdurashid Abdurahmonovich Isroilov Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Abdurashid Isroilov bundan avval “Asaka” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Jamg‘armaning asosiy vazifasi davlat xaridi uchun qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida olish uchun qarz mablag‘lari ajratish hisoblanadi.
LiveBarchasi