Moliya va Fiskal instituti bitiruvchilariga qaysi oliy ta’lim diplomi beriladi?

Jamiyat

image

Toshkent moliya instituti va Fiskal institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Iqtisodiyot universitetida davom ettiradi hamda 2023/2024 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.

Prezident  tomonidan imzolangan "Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni qo‘shib olish yo‘li bilan) qayta tashkil etildi.

"Ta’lim–fan–innovatsiya–raqamlashtirish" ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yo‘lga qo‘yish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Bunda universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik ta’minot bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitetda 2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan To‘lqin Teshaboyev Zokirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektori etib tayinlangandi.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent moliya instituti Fiskal instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar