Moldovaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
06 May 2024 5048 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning mamlakatdagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverni qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
“Bugun Vazirlikda Moldovaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiver janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Muloqot chog‘ida ikki davlat aloqalarining hozirgi holatini ko‘rib chiqdik va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldik. Janob elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiprning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangandi.
Rayhona Ulkanbayeva
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr