Moldovaning sobiq Prezidenti davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Olam

image

Moldovaning sobiq Prezidenti Igor Dodon davlatga xiyonatda gumon qilinib, uyida tituvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Dodonning Kishinyovdagi uyida, shuningdek unga tegishli bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarida tintuvlar o‘tkazilmoqda. 

Moldova prokuraturasi vakillari Korrupsiyaga qarshi milliy markaz hamda Axborot va xavfsizlik xizmati bilan birgalikda passiv korrupsiya, noqonuniy boyish, davlatga xiyonat qilish va jinoiy tashkilot tomonidan Sotsialistik partiyani moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda.

Prezident, shuningdek elektr energiyasini import qilishning korrupsion sxemalari orqali 12 million dollarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Dodon  2020 yildagi Prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Moldova parlamenti deputati bo‘lgan. O‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Moldova parlamenti Dodonni deputatlik mandatidan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu tariqa uning iltimosini qanoatlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing