Moldovaning saylangan Prezidenti partiya raisligi lavozimidan ketdi

Olam

image

Moldovaning saylangan Prezidenti Mayya Sandu "Harakat va birdamlik partiyasi"ga a’zoligidan voz kechdi va partiya raisi lavozimidan ketdi

Partiya buni "qonunga binoan davlat rahbari hech bir partiyaning a’zosi bo‘lishga haqli emasligi" bilan izohladi.

Qayd etilishicha, qonunchilikda saylangan Prezident saylov natijalari Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlangunga qadar iste’foga chiqishi kerakligi nazarda tutilgan. 

Konstitutsiyaviy sudning ushbu masala bo‘yicha majlisi bugun, 10 dekabrga belgilangan. 

Siyosiy Kengash qaroriga binoan, 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyigacha "Harakat va birdamlik partiyasi" raisining vazifalarini rais o‘rinbosari Igor Grosu bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Moldovada 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sandu g‘olib bo‘ldi. U 57,27 foiz, amaldagi Prezident Igor Dodon esa 42,28 foiz ovoz to‘pladi

Dodonning vakolat muddati 23 dekabrda tugaydi. Sanduning inauguratsiyasi esa 24 dekabrga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

MAYYa SANDU

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar