Moldovada yana bir ayol kishi hukumat tepasiga keldi

Olam

image

Bugun, 30 iyul kuni Moldova Prezidenti Mayya Sandu Natalya Gavrilitsani mamlakat Bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Bugun parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng, Natalya Gavrilitsani Respublikaning Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladim. Gavrilitsada professional jamoani tuzish va hukumat dasturini ishlab chiqib, uni parlamentga kiritish uchun ikki hafta vaqt bor”, dedi davlat rahbari.

Mamlakat Prezidenti Moldova Respublikasida yangi hukumat tuzilishiga va yangi davr boshlanishiga ishonch bildirdi.

“Odamlar hukumatni yaxshi tomonga o‘zgarishini kutmoqda va buning uchun fuqaroning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan qat’iyatli harakatlar va malakali qarorlar kerak”, dedi Prezident. 

Ma’lumot o‘rnida, 1960 yildan 2020 yilgacha o‘tgan oltmish yil mobaynida 73 mamlakatda ijro etuvchi hokimiyat tepasida ayollar bo‘lgan. Ayni damda dunyoning 16 ta davlatida hukumatni ayollar boshqaryapti. 1960 yilda Shri-Lanka Bosh vaziri bo‘lgan Sirimavo Bandaranaike ayollar orasida ijro hokimiyatini boshqarish uchun saylangan ilk Bosh vazir edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing