Moldova xorijiy harbiy yordamni qabul qilishga tayyor

Olam

image

Moldova Milliy armiyasining jangovarlik salohiyatini oshirish uchun xorijiy harbiy yordamni qabul qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi, hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbari Igor Gross “Prime” telekanaliga bergan intervyusida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trassning respublikaga qurol yetkazib berish imkoniyati haqidagi bayonotiga izoh berish asnosida aytib o‘tdi.

“Bizda qanday vaziyatda ekanimizni tushunadigan ishonchli hamkorlarimiz bor. Biz ularga murojaat qilamiz. Hammasi qonun va amaldagi xalqaro shartnomalar doirasida bo‘ladi. Bizning Qurolli Kuchlarimiz biz ko‘rib turgan tahdidlarga qarshi turish uchun investitsiyalarga muhtoj”, deydi Gross.

Parlament rahbari Moldova armiyasiga o‘nlab  yillar davomida sarmoya kiritmaganiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning eslashicha, Moldova avvalroq “tinchlik va hamkorlik yo‘lida”dasturi doirasida   AQSH va NATOdan harbiy yordam olgan.

“Biz shay holatdagi chegara politsiyasi, armiya va monitoring tizimiga  ega bo‘lishimiz kerak. Va biz buni amalga oshiramiz. Buni qachon va kim bilan qilishimiz zarur yordamning tahlilini taqdim etadigan Mudofaa vazirligiga bog‘liq bo‘lib”, degan Gross.

O‘tgan hafta Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari "The daily Telegraph" gazetasiga bergan intervyusida NATO ittifoqchilari nafaqat Ukrainani, balki Moldovani ham ittifoq standartlariga muvofiq qurollantirish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. Moldovaga Rossiya tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy tahdid shunday chora ko‘rishga undayotgani haqidagi savolga vazir qat’iy ijobiy javob bergan.

Mashhura Jo‘rayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing