Modrich “Real” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Sport

−

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoada yana bir yil qolish istagini bildirdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Joriy mavsumda Modrich 38 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Modrich 2012 yilning avgustida “Tottenxem”dan “Real”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 35 million yevroni tashkil qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” 38 ​​yoshli yarim himoyachini 8 million yevroga baholamoqda.

Modrich “Real” bilan 3 marta Ispaniya chempioni, 2 marta Ispaniya kubogi va 5 marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Xalqaro maydonda yarim himoyachi 5 marta Yevropa Chempionlar ligasida, shuningdek, 4 marta UEFA Superkubogi va xuddi shuncha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing