Modrich Messining mundialdagi o‘yiniga fikr bildirdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Xorvatiya terma jamoasi va "Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich Lionel Messining chempionatdagi o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda "Yevro Futbol" nashri xabar berdi.

"Men Messini jamoa g‘alabasi bilan tabrikladim. Unga keyingi o‘yinda omad tiladim. U haqida fikrim, Messi o‘zining qoyilmaqom o‘yini bilan turnirlarni ajoyib o‘tkazadi", deydi 37 yoshli futbolchi Modrich.

Ta’kidlash joiz, Argentina terma jamoasi Xorvatiyani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionati finaliga chiqdi. Gol mualliflari Lionel Messi va dubl qayd etgan “Manchester Siti” hujumchisi Julian Alvares bo‘ldi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

685

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing