Modi Ukrainaga safari oldidan tomonlarni tinchlikka chaqirdi
Olam
−
21 avgust
2653Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyurishdan oldin tinchlikka qaytishga chaqirdi. Bu haqda Modi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Do‘st va sherik sifatida biz mintaqaga tinchlik va barqarorlikning tezroq qaytishiga umid qilamiz”, deb yozdi Modi.
Bosh vazir Modining qayd etishicha, uning kutilayotgan 23 avgustdagi tashrifi oldingi muzokaralarni mustahkamlash va Hindiston-Ukraina do‘stligini chuqurlashtirish uchun imkoniyat bo‘ladi.
Shuningdek, tashrif davomida Ukraina va Hindiston o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Bu Modining 30 yil oldin diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri Ukrainaga birinchi tashrifi hisoblanadi.
AFP agentligining xabar berishicha, Hindiston shu paytgacha Rossiyaning Ukrainaga hujumini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralashdan qochgan va buning o‘rniga ikkala tomonni ham muloqotga chaqirgan. Mamlakat Sovuq urushdan beri Rossiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab kelmoqda. Shu bilan birga, Hindiston G‘arb bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilishni maqsad qilib, raqib Xitoyga qarshi qo‘llab-quvvatlashni istaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy boshida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiyaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Putin bilan qadimiy qarorgohda uchrashgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi