Modi Putinga Ukraina bo‘yicha “nasihat” qildi
Olam
−
16 dekabr 2022
14455Bugun, 16 dekabr kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan muloqot va muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Hindiston hukumati rahbari devonining rasmiy saytida xabar berildi.
“Ukrainada davom etayotgan mojaro kontekstida Bosh vazir o‘zining muloqot va diplomatiyaga bo‘lgan chaqirig‘ini yagona yo‘l sifatida ta’kidladi”, deyiladi bayonotda.
Hindiston Bosh vaziri devonining ta’kidlashicha, SHHT sammiti doirasida Samarqanddagi uchrashuvi chog‘ida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning bir qancha jihatlarini, jumladan, energetika, savdo va sarmoyaviy hamkorlik, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va boshqa muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqqan.
“Bosh vazir [Narendra Modi] [Rossiya] Prezidenti Putinga Hindistonning G20 raisligi haqida ma’lumot berib, uning asosiy ustuvorliklarini ta’kidlagan. U, shuningdek, Hindiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raisligi davrida ikki davlat hamkorlik qilishiga umid bildirdi. Rahbarlar bir-biri bilan muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar”, deyiladi Hindiston Bosh vazirining idorasi bayonotida.
LiveBarchasi