Modi Netanyaxuning taklifi bilan Isroilga boradi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 25 fevral kuni Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda kecha, 22 fevral “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, Modi tashrif davomida Isroil parlamenti – Knessetda nutq so‘zlaydi. Isroil rahbari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar iqtisodiyot, diplomatiya va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Netanyaxu Isroil va Hindiston umumiy “radikal” tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirishini ham qayd etgan.

Narendra Modi ham tashrif arafasida bayonot berib, muzokaralarni intiqlik bilan kutayotganini bildirgan. U Hindiston Isroil bilan ishonch, tinchlik va taraqqiyotga asoslangan do‘stlikni qadrlashini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Modi 2017 yilda Isroilga tashrif buyurgan, 2018 yilda esa Netanyaxu Hindistonga javob tashrifi bilan borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu rahbarligida o‘tkazilgan so‘nggi maslahatlashuv yig‘ilishidan so‘ng Isroil armiyasi AQSHning Eronga ehtimoliy zarbalari sabab yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Isroil Narendra Modi Bin'yamin Netan'yaxu Knesset

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing