Moddiy yordam tarqatish vaqti aholisi janjal ko‘targan Sergeli hokimi lavozimidan olindi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
11656Berganning betiga qarama, bermaganning... Sergelida ko‘chaga chiqqanlarning dardi pul emas – adolat!
Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
U mahallalar bilan ishlamaganligi va muhtojlar ro‘yxatini shakllantirishda tizimli ish tashkil qilmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Murod Isaboyev tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi vazifasini 2019 yil sentyabridan bajarishga kirishgan edi. Bunga qadar u Yakkasaroy tumani hokimi edi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Buning uchun 380 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Ammo moddiy yordam tarqatishdagi tizimsizlik yoki tizimning nobopligi sabab Sergelidagi “Humo” mahallasida yashovchi aholi ko‘chaga chiqib mas’ullardan adolat talab qildi. Vaziyatni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev borib o‘rgandi, biroq bu vaqtda fuqarolar noroziligi aks etgan video internetga tarqalib bo‘lgandi.
LiveBarchasi