Mobiuz va Perfectum xususiylashtiriladi

Jamiyat

image

Mobiuz va Perfectum bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida qayd etildi.

Hozirda Mobiuz`ning 100 foiz, Perfectum`ning 65 foiz aksiyalari davlatga tegishli. Ularning har ikkalasi ham xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ommaviy savdolarda to‘liqligicha davlat aksiya paketlari (ulushlari) sotiladigan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan.

DXXning sobiq binosi va “Malika” savdo majmuasi sotiladi north_east

DXXning sobiq binosi va “Malika” savdo majmuasi sotiladi

Farmonda aytilishicha, shu va boshqa kompaniyalarda davlat ulushini saqlab qolish ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga, mehnat unumdorligini oshirishga, xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xalaqit beryapti.

Davlat operatori hisoblangan boshqa bir kompaniya Ucell korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatiga tushgan.

2013 yilgcha O‘zbekistonda MTS xususiy operatori (“Uzdunrobita” MCHJ) faoliyat yurita edi. 2014 yilda uning negizida davlat ulushi 49,9 foiz bo‘lgan “UMS” MCHJ tashkil etildi. 2016 yilga kelib, kompaniyadagi davlat ulushi 100 foizga yetdi. 2019 yilda operator rebrendingdan so‘ngra Mobiuz nomi bilan atala boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

aloqa operatori

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar