Mobiuz operatori AQSH kompaniyasiga sotildi

Jamiyat

image

“Universal Mobile Systems” MCHJ (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro ochiq savdo jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi va kompaniya rasman sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xususiylashtirish jarayoni natijasida g‘olib deb AQSHning “McKim and Company” kompaniyasi boshchiligidagi moliyaviy investorlar va texnologik hamkor “JVR Enterprises LLC” (DBA — “JVR Capital Group”) ishtirokidagi konsorsium e’lon qilingan.

Ushbu taklifga ko‘ra, “MobiUz” kompaniyasining qiymati 351 mln AQSH dollari darajasida baholangan. Shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 500 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

Jarayon xalqaro moliyaviy konsultantlar ishtirokida tashkil etilgan. Unda “Rothschild & Co” strategik konsultant, “KPMG” moliyaviy konsultant va “Deloitte” mustaqil baholovchi sifatida ishtirok etdi.

Savdo jarayoniga AQSH, Yaponiya, Yevropa, Fors ko‘rfazi davlatlari va Kavkazorti mintaqasidan 15 dan ortiq investor qatnashgan. Ularning orasidan 6 nafar ishtirokchi tomonidan majburiy takliflar (Binding Offer) taqdim etilgan.

Davlat aktivlari agentligiga ko‘ra, jarayon xalqaro standartlarga muvofiq tarzda o‘tkazilgan va eng yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi taklif tanlab olingan.

Bitimni to‘liq yakunlash uchun tegishli tartibga soluvchi organlardan ruxsat olish hamda korporativ va huquqiy jarayonlarni yakunlash talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mobiuz AQSh kompaniyasi Universal Mobile Systems

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing