Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tarmoqlarini modernizatsiya qilishni boshladi
Biznes
−
07 mart
1653Mobiuz mobil aloqa operatori O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida o‘zining texnik infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha tarmoq qamrovini kengaytirish, ulanishni o‘rnatish vaqtini qisqartirish, ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqlarda kechikishlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Asosiy maqsad – Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi shaharlar, tuman markazlari va qishloqlarda yangi texnologik yechimlarni joriy etish va u yerda yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlash.
Mobiuz mutaxassislari yuqori o‘tkazuvchanlik va ishonchlilik bilan ajralib turadigan zamonaviy uskunalarni o‘rnatishni boshladi.
Loyiha 2025 yilning mart oyidan sentyabr oyigacha davom etadi. Ishlar, shu jumladan, mavjud tayanch stansiyalarida, abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi tarmoqda olib boriladi. Shu munosabat bilan uskunalarni almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi hamda vaqt, muddat va bosqichlar bo‘yicha qat’iy tartibga solinadi.
Shunga qaramay, ba’zi davrlarda ma’lum hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar aloqa sifatiga qisqa muddatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mobiuz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni kamaytirish va jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida SMS-xabarnomalar orqali abonentlarni o‘z hududida ish olib borilayotgani haqida o‘z vaqtida xabardor qilib boradi. Shuningdek, ishlar haqidagi barcha ma’lumotlar kompaniya veb-saytining "Profilaktika ishlari" bo‘limida joylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilish davrida Mobiuz maxsus manzilli sodiqlik dasturini ishga tushirdi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini saqlab qolishga intilib, Mobiuz kompaniyaning barcha tashabbuslari asosida yotgan qadriyatlarga amal qilishda davom etmoqda.
Mobiuz uchun nafaqat aloqani ta’minlash, balki qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir abonent uchun imkoniyatlar yaratish ham muhimdir. Kompaniya raqamli infratuzilmani rivojlantirishga bor kuch va tajribasini sarflamoqda. Zero sifatli aloqa – bu yangi g‘oyalar, muvaffaqiyatli ta’lim va zamonaviy dunyoda to‘laqonli hayot demakdir. Mobiuz uyali aloqasi insonlarni birlashtiradi va birgalikda oldinga intilishga yordam beradi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida tarmoqni keng ko‘lamda modernizatsiya qilinishi millionlab fuqarolar uchun aloqani yaxshilaydi, raqamli xizmatlar va innovatsion yechimlarni yanada rivojlantirish uchun ishonchli asos yaratadi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi